11 Noy 2022

Qashqadaryo viloyati hokimi sovrini uchun tashkil qilinayotgan “Istiqbolli IT-loyihalar”(Ideathon) ko’rik tanloviga start berildi!

06–07-dekabr kunlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Viloyat Innovatsiyani rivojlantirish boshqarmasi, IT Park va IT City Academy bilan hamkorlikda Qashqadaryo yoshlari uchun tashkil etilayotgan Ideaton ko’rik tanlovi o‘tkaziladi.

ℹ️Ideaton – bu kelgusida shaxsiy texnologik biznesni yaratish maqsadida bir-ikki kun ichida gʻoyani ishlab chiqish va uni minimal hayotiy mahsulotga rivojlantirishga imkon beruvchi tadbir.

Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha Ideatonda barcha 16 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshdagi ishtirokchilar qatnashishlari mumkin:

▫️ sun’iy idrok
▫️ tibbiyot
▫️ energetika
▫️ agrar (qishloq xo‘jaligi)
▫️ qurilish
▫️ taʼlim
▫️ ijtimoiy himoya
▫️ aholi bandligi
▫️ turizm
▫️ FinTech

❔Tadbir qayerda boʻlib oʻtadi?
Qarshi shahri, IT Techno Park – Davlat xizmatlari binosi yonida.

➡️ Tanlovda o’z loyihalaringiz bilan ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻting : https://forms.gle/KnB6nRmErJqiSeai8

⏳Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 30-noyabr, 23:59

Shuningdek, Telegram guruhiga qoʻshiling:
https://t.me/Kashkadarya_IT_Community