

Qashqadaryoda «Oʻzeltexsanoat» uyushmasi «Mahalliylashtirish, kooperatsiyani kengaytirish va importni optimallashtirish» boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda mahalliy elektrotexnika mahsulotlari taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Uyushma, viloyat hokimligi mutasaddilari, hamkor tashkilotlar va korxonalar maʼsul xodimlari ishtirok etgan tadbirda, viloyat fermer, dehqon xoʻjaliklari, ijtimoiy soha vakillari uchun quyidagi mavzularda taqdimotlar qilindi:
mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan katta hajmli muzlatgichlar, koʻmirda ishlaydigan issiqlik energiyasi jihozlari;
elektrotexnika mahsulotlarini sotib olishda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar (imtiyozli kreditlar, subsidiyalar);
davlatimiz rahbarining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va yashil energiya manbalaridan foydalanib qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga oid qarorlari.
«Oʻzeltexsanoat» uyushmasi aʼzolari hisoblangan «Texnopark», «Smart», «Komfort» isitish qozonlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mutaxassislari 250 dan ortiq tadbir ishtirokchilariga oʻz mahsulotlariga oid atroflicha maʼlumotlarni berib oʻtdilar.

