25 Mar 2023

QARSHI SHAHRIDA UN ISHLAB CHIQARISH KORXONASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Qarshi shahrining «Shayhali» MFY hududida «TEGIRMON HOUSE» MCHJ tomonidan qiymati 10 mlrd. soʻmlik bugʻdoy uni ishlab chiqarish korxonasi foydalanishga topshirildi.

Korxonani tashkil etishda «Trastbank» Qarshi shahar filiali tomonidan 5 mlrd. soʻm kredit ajratilgan boʻlib, korxona ishga tushishi munosabati bilan 10 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Korxonada yiliga 4000 tonna bugʻdoy uni ishlab chiqarilishi va ichki bozorga etkazib berilishi rejalashtirilgan.