20 Yan 2023

OʻZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA AʼZO BOʻLISHI YUZASIDAN QASHQADARYO VILOYATIDA SEMINAR-TRENING BOʻLIB OʻTDI

Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkiloti (JST)ga aʼzo boʻlishi doirasida JST bilan hamkorlik qilish boshqarmasi tomonidan UNCTAD/JST Xalqaro savdo markazi bilan hamkorlikda Qashqadaryoda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga JST doirasida qishloq xoʻjaligiga boʻlgan talablarni tanishtirish boʻyicha xalqaro ekspert S.Kisilyov ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.

Seminar davomida viloyatda faoliyat koʻrsatib kelayotgan eksporterlarga xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari, jumladan JSTning Qishloq xoʻjaligi boʻyicha bitimi toʻgʻrisida va mazkur Tashkilotga qoʻshilish afzalliklari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.