12 Sen 2022

«CHORVACHILIK SOHASINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNI MOLIYALASHTIRISH» LOYIHASI

Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qoshidagi Frantsiya taraqqiyot agentligi (FTA) «Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish» loyihasini taqdim etadi!

Investitsion maqsadlarni moliyalashtirish uchun – 120 oygacha,
bunda imtiyozli davr – 36 oy;

Aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun – 18 oygacha,
bunda imtiyozli davr – 9 oy.

Loyiha doirasida moliyalashtiradigan yoʻnalishlar:

-chorvachilik uchun bioklimatik bino va inshootlarni qurish, ularni modernizatsiya qilish yoki kengaytirish;
-chorvachilik faoliyatini rivojlantirish (yirik va mayda shoxli chorvadan tashqari) uchun asbob-uskuna sotib olish, tovuq(broyler), baliq va quyon goʻshti turlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish uchun hayvonlarni sotib olish va boshqa investitsiyalar.

Kreditning yillik foiz stavkasi:

OʻzRdagi amaldagi asosiy stavka +3% (bank marjasi) bilan ajratilishi belgilangan. Loyihada ishtirok etuvchi banklarning ichki kredit tartibiga asosan AT «Xalq banki» yillik 18%, ATB «Mikrokreditbank», ATB «Qishloqqurilishbank» hamda ATB «Hamkorbank» yillik 20% dan kredit ajratilmoqda.

Loyihani amalga oshirish davri – 2022-2026 yillar

Loyihani amalga oshirish hududi – dastlab Oʻzbekistonning 6 ta hududi:
Cirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlarida loyiha mablagʻlari 50%ga oʻzlashtirilgandan soʻng respublikaning barcha hududlari boʻyicha amalga oshiriladi.