07 Avg 2023

KASBI TUMANIDA YANGI TIKUVCHILIK FABRIKASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILADI

Kasbi tumanida «Naxshab tex Group» MCHJ tomonidan umumiy qiymati 22.3 mlrd. soʻmlik tikuvchilik fabrikasi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Joriy yilning avgust oyida ishga tushishi kutilayotgan korxona qurilishining yakuniy jarayonlari bilan viloyat hokimi Murotjon Azimov tanishdi.

Korxona ishga tushishi munosabati bilan 600 nafar yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Korxonada «Sulton» brendi ostida tayyor kiyim-kechak mahsulotlar ishlab chiqarilishi hamda avgust oyida 10 mln. dollarlik tayyor mahsulot xorijga eksport qilinishi rejalashtirilmoqda. Fabrikaning asosiy eksport yoʻnalishi Turkiya, Bolgariya, Rossiya va Ukraina davlatlaridir.