
Dehqonobod tumanida “Koson baxt tekstil” MCHJ tomonidan qiymati 60 mlrd. soʻmlik tikuvchilik fabrikasi qurilmoqda. Viloyat hokimi Murotjon Azimov korxonaning qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
1 gektar er maydonida barpo etilayotgan korxona toʻliq ishga tushgach, 500 nafar yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Korxonada yiliga 1.5 mln. dona har xil turdagi ayollar va erkaklar kiyimlari ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyiladi.

Korxona yiliga 6.5 mln. dollarlik mahsulotni xorijga eksport qilishni rejalashtirmoqda. Bu esa korxonada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning 60% iga toʻgʻri keladi.

