
Hurmatli Qashqadaryolik tadbirkorlar, dorivor va ozuqabop oʻsimliklarni etishtirish va eksport qilishga bugungi kunda katta ahamiyat qaratilayotganini inobatga olib, bu yoʻnalishda faoliyatingizni boshlash istagida boʻlsangiz, Sizga dorivor oʻsimliklarni etishtirishga ixtisoslashgan tumanlar roʻyxatini taqdim etamiz!
- Kavrak: Dehqonobod, Yakkabogʻ, Kitob tumanlari;
- Dalachoy: Kitob, Qamashi, Yakkabogʻ, Dehqonobod tumanlari;
- Togʻrayhon: Kitob, Qamashi, Yakkabogʻ, Dehqonobod tumanlari;
- Andiz: Yakkabogʻ tumani;
- Anzur piyozi: Kitob, Qamashi, Yakkabogʻ tumanlari;
- Boʻymadaron: Yakkabogʻ, Kitob tumanlari;
- Dastarbosh: Yakkabogʻ, Kitob tumanlari;
- Zira: Qamashi tumani;
- Kiyik oʻti: Kitob, Qamashi, Yakkabogʻ, Dehqonobod tumanlari;
- Moychechak: Qarshi, Shahrisabz, Qamashi tumanlari;
- Naʼmatak: Kitob, Qamashi, Yakkabogʻ, Dehqonobod, Shahrisabz tumanlari;
- Oshqovoq: Nishon, Koson, Muborak, Kasbi tumanlari;
- Isiriq: Gʻuzor, Nishon, Koson, Muborak, Kasbi tumanlari;
- Steviya: barcha tumanlar.
Maʼlumot oʻrnida: 2022 yil hozirgi davrgacha Hindistonga 2,7 mln. dollarlik dorivor oʻsimliklar (kavrak) eksporti amalga oshirilgan.

