
Belorussiya Respublikasining veterinariya sohasida dori vositalari ishlab chiqaruvchi «BelVitunifarm» kompaniyasi bosh direktori Sergey Bolshakov tashrif buyurdi.
Shu kuni «BelVitunifarm» korxonasi bilan Qashqadaryo viloyatida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan muzokara boʻlib oʻtdi. Muzokara davomida, viloyatda mavjud uy hayvonlari hamda ular orasida tarqalish ehtimoli yuqori boʻlgan kasalliklar toʻgʻrisida prezentatsiya namoyish etildi.
Kelgusida Qashqadaryo viloyatida uy hayvonlarini kasalliklardan himoya qiluvchi va davolovchi dori vositalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

