11 May 2023

QARSHI TUMANIDAGI «LT TEXTILE INTERNATIONAL» KORXONASI «OEKO TEX» XALQARO STANDARTLARIGA ASOSAN SERTIFIKATNI QOʻLGA KIRITIB EKSPORT GEOGRAFIYASINI KENGAYTIRMOQDA

Qarshi tumanida yiliga 40 ming tonna tayyor ip-kalava va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «LT TEXTILE INTERNATIONAL» korxonasi «UzTest DM» Qashqadaryo filiali tomonidan «Oeko Tex» Xalqaro standartlariga asosan sertifikatni qoʻlga kiritishda yordam koʻrsatilishi natijasida, korxonaning eksport geografiyasi kengaytirildi.

Korxona endilikda «GSP+» tizimi preferentsiyalari doirasida Turkiya, Rossiya, Misr, Eron, Polsha, AQSH, Chexiya davlatlariga eksportni amalga oshirish yuzasidan shartnomalar imzoladi va tayyor mahsulotlar eksportini boshladi.

«GSP+» tizimi doirasida mahsulotlaringizni Evropa davlatlariga eksport qilish istagida boʻlsangiz, «UzTest DM» Qashqadaryo filialiga murojaat eting va Xalqaro standartlarga asosan sertifikatni qoʻlga kiriting.