27 Apr 2023

QARSHI SHAHRI VA CHUVASHIYA RESPUBLIKASI OʻRTASIDA HAMKORLIK BITIMI IMZOLANDI

Joriy yilning 24 aprel kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan «INNOPROM – MARKAZIY OSIYO» Xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida Qarshi shahri va Rossiya Federatsiyasining Chuvashiya Respublikasi oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

Unga koʻra, tomonlar oʻrtasida iqtisodiy, investitsiya, turizm sohalarini rivojlantirish hamda eksport va import aylanmasini oshirish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan bir qator fikr va takliflar belgilab olindi.