

Joriy yilning 4 aprel kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan «Oʻzbekiston-Xitoy» biznes forumi doirasida Xitoyning metallarni karroziyaga uchrashini oldini olish boʻyicha yirik kompaniyasi «Zhejiang Yuxi Corrosion Control» rahbari Ou Shuhui va Qarshi shahar hokimligi oʻrtasida Qarshi shahrida Oʻrta Osiyo davlatlari uchun karroziya nazorati markazi tashkil etish va zaruriy profilaktik mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish yuzasidan anglashuv Memorandumi imzolandi.
Kompaniya rahbari joriy yilning may oyida Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurishi va loyihani amalga oshirish yuzasidan dastlabki ishlarni boshlashni rejalashtirmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, «Zhejiang Yuxi Corrosion Control» kompaniyasi metallarni karroziyaga uchrashini oldini olish boʻyicha nafaqat Xitoyda, balki Dunyo miqyosida faoliyat olib boradi. Kompaniyaning AQSH. Birlashgan Qirollik, Saudiya Arabistoni va Singapurda ham filiallari faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

