Qarshi shahridagi «Buyuk Turon» Kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 3 mln. dollarlik, yiliga 5 mln. dona tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega «Kitob ip yigiruv» AJ korxonasi foydalanishga topshirildi.
Korxona 2023 yilda Rossiya, Turkiya va Xitoyga 1 mln. dollarlik mahsulotni eksport qilishni rejalashtirmoqda.
Korxona ishga tushishi munosabati bilan 420 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.

