
«Yangi Oʻzbekiston bilan savdo, iqtisodiy va innovatsiya hamkorligini chuqurlashtirish» mavzusiga bagʻishlangan biznes forumi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Guanchjou shahar maʼmuriyati, Xitoy Tijorat vazirligi shahar byurosi, MDH mamlakatlari bilan ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Guandun ittifoqi rahbariyati, Guandun provintsiyasi biznes vakillari, shuningdek, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyati hokimligi mutasaddilari hamda mamlakatimizdan eksportyor kompaniyalar vakillari qatnashdilar.
Oʻzbekiston tomoni xitoylik hamkorlik uchun tahliliy taqdimot oʻtkazdi.
Unda Oʻzbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay biznes muhiti, ishlab chiqarilayotgan mahalliy eksport mahsulotlari, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarining iqtisodiy holati va xitoylik tadbirkorlar uchun qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari, shuningdek, soʻnggi 6 yil ichida mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va sayyohlik yoʻnalishlarida yaratilgan imkoniyatlar va mavjud biznes salohiyati haqidagi batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.
Muhokamalar natijasida Xitoy importyor kompaniyalari hamda mamlakatimiz eksportyor korxonalari va hokimliklar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzildi.

