08 Fev 2023

QASHQADARYO VILOYATIDA 2023-2024 YILLARDA 7 TA YANGI KICHIK SANOAT ZONALARI TASHKIL ETILADI

Joriy yilning 3 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2023-2025 yillarda Qashqadaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-44-son Qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2023-2024 yillarda Qashqadaryo viloyatida 7 ta yangi Kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.

Xususan,

Dehqonobod tumani «Beshbuloq» MFY hududida – 1,0 ga er maydonida jami 9 ta lot;
Qamashi tumani «Mangʻit» MFY hududida – 1,0 ga er maydonida jami 9 ta lot;
Koʻkdala tumani «Oltin dala» MFY hududida – 15,0 ga er maydonida jami 87 ta lot;
Shahrisabz tumani «Shamaton» MFy hududida – 11,0 ga er maydonida jami 52 ta lot;
Nishon tumani «Nurchi» MFy hududida – 1,5 ga er maydonida jami 12 ta lot;
Qarshi tumani «Yangibogʻ» MFY hududida – 2,1 ga er maydonida jami 20 ta lot, «Koʻchkak» MFY hududida – 1,0 ga er maydonida jami 10 ta lot;
Gʻuzor tumani «Qorakoʻl» MFY hududida – 1,0 ga er maydonida jami 9 ta lotlarga ega Kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.

Kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi xususan, avtomobil yoʻli, ichimlik va oqova suvi, elektr energiyasi bilan toʻliq taʼminlanishi hamda lotlar e-auksion onlayn savdo platformasida sotuvga chiqarilishi belgilangan.