

Kitob tumanida tashkil etilgan «Doʻstlik» sanoat zonasida «Kifti-ob dori-darmon» MCHJ tomonidan «ANOR PHARM» brendi ostida ilk dori vositalari ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi.
Korxona 2 mlrd. soʻmlik Xitoy farmatsevtika kompaniyalari texnologiyalari bilan jihozlangan va 11 turdagi dori-darmonlar ishlab chiqarishga moʻljallangan.
Xususan:
Korisenil, Sargerin, Kaltsiy D3, Galoging, Nefrorub, Magnevra, Kifti Orsa, Kifti Kar, Solodal preparatlari ishlab chiqarilmoqda.
Korxona toʻliq hajmda ish boshlagach, tayyor mahsulotlarning bir qismi qoʻshni Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston davlatlariga eksportini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

